Zip Builder nima
01Platforma qanday ishlashini bir necha jumlada tushunib oling.
1.1Umumiy tuzilma
Zip Builder — dasturlash bilimisiz Telegram bot yaratish platformasi. Ikki turdagi bot bilan ishlaysiz:
- Manager bot (
@zipbuilder_bot) — bu sizning boshqaruv panelingiz. Shu yerda yangi bot yaratasiz, mavjud botlaringizni sozlaysiz, hisobingizni to'ldirasiz, statistikani ko'rasiz. - Client bot — bu sizning o'z botingiz (masalan kino boti, SMM boti, AI-chatbot). Uni siz Manager bot orqali yaratasiz, keyin unga o'z obunachilaringiz/mijozlaringiz yoziladi.
Ya'ni: Manager bot — omborxona, u yerdan botlaringizni "quriysiz" va "boshqarasiz". Client bot — do'kon peshtaxtasi, u yerga sizning mijozlaringiz keladi.
1.2Ilk qadam
- Telegram'da @zipbuilder_botni oching.
/starttugmasini bosing — asosiy menyu chiqadi.- Quyidagi tugmalarni ko'rasiz: Bot yaratish, Botlarim, Hisobim, Hisobni to'ldirish, Qo'llanma, Admin bilan bog'lanish.
Bot yaratish
02Yangi botni uchta qadamda ishga tushirasiz: token oling, shablon tanlang, to'lang.
2.1Bot tokeni olish (@BotFather)
Har qanday Telegram bot — o'ziga xos "kalit"ga (token) ega. Uni Telegram'ning rasmiy @BotFather boti beradi, bepul:
- Telegram'da
@BotFatherni oching,/newbotbuyrug'ini yuboring. - Botingiz uchun nom kiriting (masalan "Mening Do'konim").
- Botingiz uchun username kiriting — u
botbilan tugashi shart (masalanmening_dokonim_bot). - BotFather sizga uzun bir qator — tokenni yuboradi (masalan
123456:ABC-DEF1234ghIkl-zyx57W2v1u123ew11).
Token — sizning botingizni to'liq boshqarish huquqini beradi. Uni faqat Zip Builder'ga (bot yaratish jarayonida) kiritasiz, boshqa hech kimga, hech qanday saytga yubormang.
2.2Shablon (bot turi) tanlash
Manager botda Bot yaratish tugmasini bosganingizda, avval kategoriya, keyin shu kategoriyadagi tayyor shablonlardan birini tanlaysiz:
| Shablon | Nima qiladi | Narx |
|---|---|---|
| Obuna bot | Majburiy obuna + referal + xabar yuborish. Kanalga a'zo yig'ish uchun. | Bepul |
| Kino Bot Pro | Kod orqali kino tarqatish, kategoriyalar, VIP (pullik) kinolar. | 75,000 + 30,000/oy |
| Nakrutka (SMM) bot | 1600+ SMM xizmatini (obunachi, layk, ko'rish) o'z narxingiz bilan sotish. | 60,000 + 35,000/oy |
| AI chatbot | Universal AI suhbat — matn, ovoz, rasm bilan ishlaydi. | 40,000 + 20,000/oy |
| Konsultant bot | Soha bo'yicha AI maslahatchi, o'z hujjatlaringiz asosida (bilim bazasi). | 40,000 + 20,000/oy |
| Ta'lim bot | AI o'qituvchi + mavzu bo'yicha avtomatik test (quiz) generatsiyasi. | 40,000 + 20,000/oy |
| Tarjimon bot | Matn va hujjat (.txt) tarjimasi. | 40,000 + 20,000/oy |
Barcha pullik shablonlar 7 kunlik bepul sinov bilan keladi — shu muddatda bot to'liq ishlaydi, birinchi to'lov sinov tugagandan keyin yechiladi.
2.3Yaratish jarayoni
- Shablonni tanlaganingizdan so'ng, botingiz haqida qisqacha ma'lumot (narx, modullar) ko'rsatiladi.
- Tasdiqlasangiz, tokenni yuborishingiz so'raladi — BotFather'dan olgan tokenni yuboring.
- Token to'g'ri bo'lsa, ochilish narxi balansingizdan yechiladi (balans yetmasa, avval to'ldirishingiz kerak bo'ladi — 4-bo'limga qarang).
- Bir necha soniyada botingiz faol holatga o'tadi — endi uni Telegram'da o'zingiz sinab ko'rishingiz mumkin.
2.4AI bilan sozlash
Bot yaratilgandan so'ng, uni tabiiy tilda tasvirlab, modullarni AI yordamida avtomatik moslashtirishingiz mumkin: bot detalida "AI bilan sozlash" tugmasini bosing, nima xohlashingizni yozing (masalan: "kanalga majburiy obunani o'chirib, referal bonusini 1000 so'mga oshir") — AI mos modullarni topib, o'zgarishlarni taklif qiladi, siz tasdiqlaganingizdan keyingina qo'llaniladi.
Botlarni boshqarish
03Manager botdagi "Botlarim" bo'limi — barcha yaratgan botlaringiz shu yerda.
3.1Bot detali
Botlarim ro'yxatidan istalgan botni tanlasangiz, quyidagi imkoniyatlar ochiladi:
3.2Statistika va Tahlil
- Statistika — jami/yangi/faol foydalanuvchilar, referal, to'lovlar, SMM buyurtmalar soni.
- Tahlil — oxirgi 7 kunlik yangi foydalanuvchilar grafigi va (SMM bot bo'lsa) eng ko'p sotilgan platformalar ro'yxati.
SMM/hajm ko'rsatkichlari — bu botingiz ichidagi faollik (mijoz balansidan sarflangan summa), naqd pul emas. Faqat "Qabul qilingan to'lovlar" (karta orqali) — bu haqiqiy pul, to'g'ridan-to'g'ri kartangizga tushgan.
3.3Modullar
Har bot shablon bo'yicha bir nechta moduldan (funksiya blokidan) tashkil topgan. "Modullar" bo'limida ularni yoqib/o'chirib turishingiz, sozlamalarini (masalan referal bonusi, xabar matni) o'zgartirishingiz mumkin. Ba'zi modullar (masalan platforma-yadro) o'chirib bo'lmaydi — ular botning asosiy ishlashi uchun zarur.
3.4Nusxalash, to'xtatish, o'chirish
- Nusxalash — mavjud botingizning barcha sozlamalarini saqlagan holda, yangi token bilan bошqa bot yaratadi (masalan bir xil sozlamali ikkinchi kanalga bot kerak bo'lsa).
- To'xtatish/Yoqish — botni vaqtincha o'chirib qo'yasiz (mijozlar hech narsa ko'rmaydi), keyin qayta yoqishingiz mumkin.
- O'chirish — bot butunlay o'chiriladi, bu amalni qaytarib bo'lmaydi.
Balans va to'lovlar
04Bu — eng ko'p chalkashtiriladigan joy: platformada uchta xil, bir-biriga bog'liq bo'lmagan balans bor.
4.1Platforma balansi
Bu — siz Zip Builder'ga to'laydigan balans. Undan bot yaratish narxi va oylik obuna to'lovi avtomatik yechiladi.
Agar oylik obuna to'lovi vaqtida platforma balansingizdan yechilmasa (balans yetmasa), botingiz avtomatik to'xtatiladi. Shuning uchun balansni oldindan kuzatib turing.
4.2SMM balansi (nakrutka bot uchun)
Agar botingizda SMM (nakrutka) moduli yoqilgan bo'lsa, har bir buyurtma haqiqiy xizmat ko'rsatuvchi provayderdan (SeenSMS) sotib olinadi — buning tannarxini platforma to'laydi, chunki end-user puli to'g'ridan-to'g'ri sizning shaxsiy kartangizga tushadi (4.4-bandga qarang), platforma bu pulni umuman ko'rmaydi. Shu sabab, botingizdagi SMM buyurtmalar oqimini ta'minlash uchun alohida, oldindan to'lanadigan SMM balansi kerak bo'ladi.
SMM balansingiz buyurtma tannarxini qoplamasa, o'sha buyurtma qabul qilinmaydi — end-user mijozingiz balansidan hech narsa yechilmaydi, faqat "xizmat vaqtincha mavjud emas" degan umumiy xabar ko'radi. Sizga esa Manager bot orqali darhol "SMM balansingiz yetarli emas" ogohlantirishi keladi — botingizning boshqa qismlari (obuna, boshqa modullar) bunda hech qanday zarar ko'rmaydi, faqat SMM buyurtmalari to'xtaydi.
Buyurtma keyinchalik bekor qilinsa yoki qisman bajarilsa, tegishli summa SMM balansingizga avtomatik qaytariladi — xuddi end-user balansi qaytarilgani kabi.
4.3Balansni to'ldirish
Manager botda "Hisobni to'ldirish" tugmasini bosganingizda, tizim avval qaysi balansni to'ldirmoqchi ekaningizni so'raydi:
Kerakli balansni tanlagandan so'ng, to'lov usulini (onlayn — inpay.uz, yoki karta orqali chek yuborib) tanlaysiz — jarayonning o'zi ikkala balans uchun bir xil, faqat mablag' tushadigan "hisob" farq qiladi. "Hisobim" bo'limida ikkala balans alohida ko'rsatiladi.
4.4Bot ichidagi mijoz balansi (end-user)
Bu — sizning botingizning end-userlari (obunachilaringiz, mijozlaringiz)ning balansi — SMM buyurtma berish yoki VIP kino sotib olish uchun ishlatiladi. Bu balans platforma va SMM balanslaringizdan butunlay boshqa — u to'g'ridan-to'g'ri sizning shaxsiy kartangizga to'lanadi (biz bu tranzaksiyani ko'rmaymiz ham, ushlamaymiz ham).
Buni yoqish uchun: Modullar → Hisob to'ldirish (karta) → karta raqamingiz va egasining ismini kiriting. Shundan keyin end-user "Hisobni to'ldirish" tugmasidan foydalanib, chek yuboradi, siz (yoki qo'shimcha admin) uni tasdiqlaysiz.
- Platforma balansi = siz Zip Builder'ga to'laysiz → bot ochish/obuna uchun.
- SMM balansi = siz Zip Builder'ga to'laysiz → botingizdagi SMM buyurtmalar tannarxini qoplash uchun.
- Mijoz balansi = sizning mijozlaringiz sizga to'laydi → SMM/VIP kino sotib olish uchun.
Client bot — admin panel
05O'z botingiz ichida /admin buyrug'ini yuborsangiz (faqat siz — bot egasi — yoki qo'shimcha adminlar uchun ishlaydi), boshqaruv paneli ochiladi. Yoqilgan modullarga qarab tugmalar farq qiladi.
5.1Umumiy imkoniyatlar
Har qanday bot turida admin panelida Statistika (jami foydalanuvchilar) va Yopish tugmalari doim bor.
5.2Majburiy obuna
End-userlar botingizdan foydalanishdan oldin, belgilangan kanal(lar)ga obuna bo'lishlari shart qilib qo'yiladi.
- Admin panelda "Majburiy obuna"ni oching.
- "Qo'shish" → kanal
@usernameini yuboring (yoki kanaldan xabarni forward qiling).
Aks holda tizim kanalni tekshira olmaydi — avval botingizni o'sha kanalga admin qilib tayinlang, keyin qayta urinib ko'ring.
5.3Xabar yuborish (broadcast)
Barcha bot foydalanuvchilariga bir vaqtda xabar yuborasiz — matn, rasm yoki video bilan.
- Darhol yuborish yoki rejalashtirish (30 daqiqa / 1 soat / 3 soat / ertaga) — tanlashingiz mumkin.
- "Rejalashtirilgan xabarlar" bo'limida hali yuborilmagan xabarlarni ko'rish va bekor qilish mumkin.
5.4Referal tizimi
End-userlar do'stlarini taklif qilib bonus oladi. Sozlamalarda taklif bonusi summasini, valyutani va rejimni (obunadan keyin tasdiqlanadigan yoki darhol) o'zgartirishingiz mumkin — Manager botdagi Modullar bo'limi orqali.
5.5Kino boshqarish (Kino Bot Pro)
- "Kino yuklash" → afisha (rasm, ixtiyoriy) → video → kategoriya nomi (masalan "Jangari") → narx (bepul bo'lsa
/skip, VIP bo'lsa summani yozing). - Bot avtomatik kod beradi (masalan
105) — end-user shu kodni yuborib kinoni oladi. - "Kino kanali" sozlansa, yangi kino avtomatik o'sha kanalga ham post qilinadi.
- "Kino o'chirish" — kodni yuborib istalgan kinoni o'chirasiz.
End-userlar uchun bot ichida "Kinolar" tugmasi — kategoriya bo'yicha ko'zdan kechirish va "Top kinolar" ro'yxati mavjud.
5.6SMM katalog
SMM katalogini sozlash /admin orqali emas, Manager botdagi bot detali → "SMM katalog" tugmasi orqali amalga oshiriladi.
- 1600+ tayyor xizmatdan (Telegram, Instagram, YouTube, TikTok va h.k.) kerakli larni yoqasiz.
- "Ommabop to'plam" tugmasi — bitta bosishda eng mashhur 7 platformadan eng arzon xizmatlarni avtomatik yoqadi (tezkor boshlash uchun).
- Har platforma ichida "Barchasini yoqish" — butun kategoriyani birdan yoqadi.
- Har xizmatga alohida ustama foizi qo'yasiz (yoki "Standart ustama" sozlamasi — yangi yoqiladigan xizmatlarga avtomatik qo'llanadi).
Yakuniy narx = provayder narxi × (1 + ustama% / 100). Masalan provayder narxi 500 so'm, ustama 20% bo'lsa — end-user 600 so'm to'laydi.
5.7AI yordamchi va bilim bazasi
- End-user botga istalgan savolni matn, ovozli xabar yoki rasm orqali yuborishi mumkin — AI javob beradi.
- AI'ning "xarakteri" (system prompt) va kunlik savol limitini Manager botdagi Modullar orqali sozlaysiz.
- "Bilim bazasi" (admin panelda) — o'z hujjatlaringizni (matn yoki
.txtfayl) yuklab, AI shu asosda javob berishini ta'minlaysiz. Masalan Konsultant botga narxlar ro'yxati yoki ko'p so'raladigan savollarni yuklasangiz, AI mijozlarga aynan shu ma'lumot asosida javob beradi.
5.8Test (Ta'lim bot)
End-user "Test yarat" tugmasini bosib, istalgan mavzuni yozadi (masalan "Fotosintez") — AI 5 ta ko'p variantli savol tuzadi. Har javobdan keyin darhol to'g'ri/noto'g'ri ko'rsatiladi, oxirida natija va umumiy "Reyting" (eng ko'p to'g'ri javob berganlar ro'yxati) chiqadi. Bu modul sozlama talab qilmaydi — avtomatik ishlaydi.
5.9Fayl tarjimasi (Tarjimon bot)
Oddiy matn tarjimasidan tashqari, end-user .txt fayl yuborsa, bot butun hujjatni tarjima qilib qaytaradi (qisqa bo'lsa xabar, uzun bo'lsa yangi fayl sifatida). Sozlama talab qilmaydi.
5.10Mijozlar bilan aloqa
Har qanday bot turida end-user "Admin bilan bog'lanish" tugmasi orqali sizga xabar yozishi mumkin. Xabar sizga (bot orqali) yetib boradi — javob berish uchun Telegram'ning oddiy "Reply" (javob berish) funksiyasidan foydalaning — botning o'zi javobingizni end-userga yetkazadi, qo'shimcha buyruq shart emas.
Ko'p so'raladigan savollar
06Bot yaratganimdan keyin uni qanday sinab ko'raman?
@usernameini qidirib, /start bosing, xuddi oddiy foydalanuvchi kabi sinab ko'ring.Bepul sinov muddati tugagach nima bo'ladi?
Bir nechta admin (yordamchi) qo'sha olamanmi?
/admin panelidan foydalana oladi. Bu funksiya bo'yicha aniq yo'riqnoma uchun "Admin bilan bog'lanish" orqali murojaat qiling.SMM buyurtma bekor qilinsa yoki xato ketsa, pul qaytariladimi?
Botimni boshqa birovga sota olamanmi yoki topshira olamanmi?
Nima uchun "Modullar"da ba'zi tugmalar o'chirib bo'lmaydi?
/start, asosiy menyu) uchun zarur bo'lgan "yadro" modul har doim yoniq turadi — uni o'chirsangiz bot umuman ishlamay qoladi.Yordam kerakmi?
07Qo'llanmada javobini topolmagan savollar uchun: Manager botda "Admin bilan bog'lanish" tugmasini bosing, yoki to'g'ridan-to'g'ri @raxim_jonovichga yozing.